Jorjinoning agenti mijozining kelajagini "Arsenal"da ko'rmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Arsenal" yarim himoyachisi Jorjinoning agenti Joau Santos ishonch bilan uning mijozi yozda Mikel Arteta jamoasida qolishini aytdi. Eslatib o'tamiz, italiyalikning "kanonirlar" bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi.
"Ishonchim komilki, mijozim bu yozda "Arsenal"da qoladi. U Angliyada baxtli. Keling, nima bo'lishini ko'ramiz. Menga Ispaniya va Saudiya Arabistonidan qo'ng'iroq qilishdi. Bu mamlakatlar klublari Jorjinoga qiziqish bildirishgan, ammo u "Arsenal"da qoladi. Hammasi allaqachon hal qilingan”, - deya agentning so'zlaridan iqtibos keltiradi italiyalik insayder Fabritsio Romano.
Jorjino yanvar oyida "Chelsi"dan "Arsenal"ga bir yarim yillik shartnoma asosida kelib qo'shilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!