80 millionga olingan futbolchi Ten Xagga yoqmay qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag yarim himoyachi Jedon Sanchoni yozda transferga qo'yishga tayyor. CaughtOffside xabariga ko'ra, niderlandiyalik mutaxassis inglizning "Old Trafford"da kelajagi yo'q, deb hisoblamoqda.
Ten Xag Sanchoni qo'yib yuborishga tayyor, ammo rahbariyat unga Jeydon o'rniga yangi vinger sotib olishi sharti bilan. Avvalroq, angliyalik futbolchiga "Aston Villa" va APLning boshqa klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Sancho 2021 yilning yozida Dortmundning "Borussiya"siga o'tganidan beri "Manchester Yunayted"da bor-yo'g'i ikki mavsum o'tkazdi. 23 yoshli vingerning transferi uchun "qizil iblislar" taxminan 80 million evro to'lashdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!