Tuxel PSV futbolchisining transferini xohlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
Myunxenning "Bavariya" klubi PSV yarim himoyachisi Ibraima Sangarega qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, Sangare "Bavariya"ga o'tishdan manfaatdor, Germaniya klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel esa futbolchining sifatini yuqori baholamoqda. Qayd etilishicha, futbolchining PSV bilan shartnomasida futbolchini 37 million evroga sotib olish imkoniyati mavjud.
25 yoshli Sangare joriy mavsumda PSV tarkibida ikkita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning Niderlandiya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!