"Manchester Siti"ning yangi taklifi 101 million evro bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
"Manchester Siti" "Vest Xem"ning braziliyalik yarim himoyachisi Lukas Paketani sotib olmoqchi.
"Manchester Siti" futbolchi transferi bo'yicha ikkinchi taklifini yubordi. Birinchisi, 80 million evro miqdorida edi, "Vest Xem" rahbariyati uni rad etdi. Endi "shaharliklar" braziliyalik uchun 101 million evro taklif qilmoqda. Qayd etilishicha, “Vest Xem” futbolchi uchun 110 million evro olmoqchi.
25 yoshli Paketa o'tgan avgust oyida "Lion"dan 51 million funt evaziga "Vest Xem"ga o'tgan edi.
Braziliyalik yarim himoyachi o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 41 o'yinda 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!