"Chelsi" amerikalik yarim himoyachi transferini deyarli hal qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
"Lids" yarim himoyachisi Tayler Adams faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.
90min xabariga ko'ra, londonliklar 24 yoshli amerikalik uchun 23 million evro miqdorida tovon puli to'lashga tayyor.
Adams 2022 yil iyun oyida "Leypsig"dan "Lids"ga o'tgandi. Futbolchi “tovuslar” safida 26 ta o'yin o'tkazib, samarali harakatlari bilan ajralib turolmadi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!