"Tottenxem" Keynning Myunxenga uchishini taqiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Sky Sports jurnalisti Kave Solxekol xabariga ko'ra, "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynga Myunxenga uchish taqiqlangan.
Manba bergan xabarga ko'ra, London klubi rahbariyati 30 yoshli angliyalik futbolchiga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun uchishni taqiqlagan va futbolchini aeroportdan qaytargan. "Tottenxem" "Bavariya" bilan shartnoma shartlarini o'zgartirmoqchi.
Keyn o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 49 o'yinda 32 gol urgan. Hujumchining “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!