"Fiorentina" hujumchisi ham boshqa jamoaga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Fiorentina" hujumchisi Artur Kabral "Benfika"ga o'tdi, deb xabar beradi Portugaliya klubi rasmiy sayti.
25 yoshli braziliyalik lissabonliklar bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Kabral "Fiorentina"da 2022 yilning yanvaridan buyon to'p tepadi. U florensiyaliklar safida 64 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!