"Lion" futbolchisi "Leyptsig" klubiga ko'chib o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
“Lion” himoyachisi Kasello Lyukeba faoliyatini “Leyptsig”da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, transfer summasi 35 million evroni tashkil qiladi. 20 yoshli futbolchining nemis klubi bilan shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Lyukeba “Lion” safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Transfermarkt portali Frantsiya yoshlar terma jamoasi futbolchisini 25 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, "Leyptsig" navbatdagi o'yinini 12 avgust, shanba kuni Germaniya Superkubogi doirasida "Bavariya"ga qarshi o'tkazadi. Ushbu uchrashuvning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 23:45 ga belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!