Murabbiyga yolchimagan APL klublari natijaga erishadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Premer-liganing yangi mavsumi hali boshlanmadi, biroq «Vulverxempton» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi allaqachon klubdagi mavqeini yo'qotdi.
Evropa futbolida, ayniqsa, APLda murabbiylar iste'fosi yana ham ko'payib bormoqda. Yozda uchta klub zudlik bilan o'ziga yangi ustozlar topdi: «Tottenxem» Anje Postekoglu, «Chelsi» Maurisio Pochettino va «Bornmut» Andoni Iraola bilan shartnoma imzoladi. O'tgan mavsum boshidan buyon 20 ta klubdan 11 tasida murabbiy almashdi.
BBC Sport ishdan bo'shatish holatlarida murabbiyning o'zgarishi haqiqatan ham kerakli natijaga olib keladimi, degan savolni tahlil qilishga qaror qildi. O'tgan mavsumda Premer-liga jamoalarining 55 foizi murabbiyini o'zgartirdi, bu Evropaning top-5 ligalari orasida eng yuqori ko'rsatkichdir. Keyingi o'rinlarda Frantsiya va Ispaniya - 50%, Germaniya - 44% va Italiya - 35%.
CIES Football Lab ma'lumotlariga ko'ra, bu raqamlar butun qit'a tendentsiyasini o'zgartirdi. Klub xo'jayinlarining sabrsizligi kuchaymoqda: o'zgarishga qaror qilgan jamoalar soni 80 yillardagidan deyarli ikki baravar ko'p.
Bundan 40 yil avval bor-yo'g'i beshta jamoa tarkibga o'zgartirish kiritgan bo'lsa, Premer-liganing birinchi yilida atigi to'rtta ishdan bo'shatilgan murabbiy bor edi. 1980 yillarda bunday qarorlarning o'rtacha soni 6,5 tani (30%) tashkil etgan bo'lsa, keyingi o'n yil ichida ularning soni 8,3 taga (42%) oshdi.
Agar yozda murabbiylarni ishdan bo'shatish tushunarli bo'lsa, mavsum o'rtasida uni o'zgartirish odatda klubda nimadir noto'g'ri ketayotganini bildiradi. So'nggi o'n yil ichida mavsum o'rtasida 83 ta murabbiy ishdan bo'shatilgan. 2020 yil iyul oyida Nayjel Pirson ligada ikkita o'yin o'tkazgan bo'lsa, 2016 yilning may oyida «Everton»dagi Roberto Martines birgina bahsda shogirdlarini boshqargan xolos. O'tgan mavsum ba'zi klublar hatto ikki martab murabbiyni almashtirishga qaror qilgan. O'tgan mavsumda ligada jami 41 nafar murabbiy ishlagan.
Jadvalning yuqori yarmidagi har bir klubda o'rtacha 1,4 nafar, quyida esa 2,4 nafar murabbiy ishlagan. Ajablanarlisi shundaki, «Nottingem Forest» o'z menejeriga ishonchini saqlab qoldi, ammo pastga tushib ketgan klublar «Lester» va «Lids» turli o'zgarishlarga qaror qilishdi va bu ularga yordam bermadi.
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, o'zgarishlar foydali bo'ladimi, degan savol shunchaki tasodifiydir. «Aston Villa», «Bornmut», «Everton» va «Kristal Pelas»ning qarorlarini oqlash mumkin, «Chelsi», «Tottenxem», «Lids» va «Brayton» yomonroq kartina keltirib chiqaradi xolos. «Sautgempton» va «Lester»da deyarli o'zgarishlar yo'q. Ular shunchalik yomon harakat qilishdiki, muvaffaqiyatsizlikning oldini olish imkonsiz edi.
Premer-liganing ikki eng yaxshi jamoasi – «Liverpul» va «Siti» ko'p yillardan buyon murabbiylarini almashtirmagan. Bu ko'rsatkich bo'yicha «Arsenal» uchinchi o'rinda bormoqda.
Yangi mavsumning tendentsiyasi qanday bo'ladi? Yuqoriga ko'tarilgan jamoalar mavsum oxirigacha murabbiylarini saqlab qoladimi? Bu va ko'plab shunga o'xshash savollar mavsum davomida o'z javobini topadi. Yuqori darajadagi ishonch bilan aytish mumkinki, mavsum boshidagi murabbiylarning yarmiga mavsum oxirigacha imkon berilmaydi.