Shmeyxel: «Arteta «Arsenal»da yomon muhitni yaratdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
«Manchester Yunayted»dagi faoliyati davomida besh marta Premer-liga chempionligini qo'lga kiritgan Peter Shmeyxelning fikricha, Arteta jamoasida ikkita kuchli darvozabonning bo'lishi kiyinish xonasida yomon muhitni yaratishi mumkin.
«Men menejerning qanday qilib birinchi raqamli kiper uchun teng kuchli raqobat muhitini yaratib qo'yganini tushunolmayapman.
Darvozabonning pozitsiyasi juda faol bo'ladi, voqealar qanday sodir bo'lishini kutishga majbursiz.
Hozir Artetada ikkita teng kuchli posbon bor. Ulardan birini tanlash qiyin. Bu maydondagi yagona pozitsiyaki, u erda siz barqaror bo'lishni xohlaysiz. Arteta «Arsenal»da yomon muhitni yaratdi», – dedi Shmeyxel.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!