Pavar uchun kurashda favorit klub nomi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
"Manchester Yunayted" "Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavarga asosiy da'vogarga aylandi.
Avval xabar berganimizdek, “qizil iblislar” Erik ten Xag jamoada ko'rmoqchi bo'lgan frantsiyalik futbolchi uchun muzokaralarni boshlab yuborgan edi. Jurnalist Florian Plettenbergning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, ayni damda 27 yoshli futbolchi uchun kurashda aynan "Manchester Yunayted" favorit sanalmoqda. Myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel markaziy himoyachini tarkibda saqlab qolmoqchi, ammo u ketish niyatida. Mumkin bo'lgan transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.
Benjamin Pavarning "Bavariya" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!