"Manchester Yunayted" Maguayrga London klubidan o'rinbosar topgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi "Manchester Yunayted" qiziqishlari ro'yxatidagi yana bir nomzod.
"Qizil iblislar" tez orada "Vest Xem" da'vogarlik qilayotgan Xarri Maguayr bilan xayrlashishi mumkin. "Kristal Pelas" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan Gexi 30 yoshli futbolchining o'rniga nomzodlar ro'yxatida, deya xabar beradi jurnalist Kris Uiler. "Yunayted" uchun muammo "burgutlar"ning 23 yoshli markaziy himoyachi uchun katta mablag' so'rashi bo'lishi mumkin.
Transfermarkt ekspertlarining fikricha, Mark Gexining narxi 35 million evroni tashkil qiladi. Futbolchiga da'vogarlar qatorida avvalroq Londonning “Chelsi” klubi qayd etilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!