"MYu" Bayi bilan bugun so'nggi muzokaralarni o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Erik Bayi Turkiyaga ko'chib o'tish arafasida.
Ingliz grandi rahbariyati 29 yoshli futbolchi bilan hisoblashmayapti, shu bois uning shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishga tayyor. Jurnalist Yagiz Sabuncuo'g'lining xabar berishicha, payshanba kuni futbolchi "Manchester Yunayted" bilan hamkorlikni to'xtatish bo'yicha muzokaralar olib boradi. Ayni paytda, manbaning xabariga ko'ra, "Beshiktosh" ivuarlik futbolchi bilan 3 yillik mehnat shartnomasini allaqachon kelishib olgan.
Erik Bayi “qizil iblislar” safiga 2016 yilda “Vilyarreal”dan 38 million evro evaziga kelib qo'shilgan edi. So'nggi mavsumda himoyachi "Marsel"da ijara asosida o'ynadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!