"Milan" o'z futbolchisini 4 million evroga sotishga kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
Xabar berganimizdek, Germaniyaning “Verder” klubi senegallik himoyachi Fode Ballo-Ture hisobiga o'z tarkibini kuchaytirishga qaror qildi. Ballo-Ture “Milan” tarkibida kamdan-kam maydonga tushdi, ammo "Verder" tarkibida muntazam ravishda maydonga tushish imkoniyatiga ega.
SportMediaset nashri xabariga ko'ra, tomonlar yakunda to'rt million evroga kelishib olishgan. "Milan" Ballo-Tureni sotishdan shuncha daromad oladi. Bitim shu kunlarda, katta ehtimol bilan "Milan"ning Italiyaning yangi chempionatidagi birinchi o'yini oldidan tuziladi.
Eslatib o'tamiz, A Seriyaning yangi mavsumi 19 avgust kuni boshlanadi, birinchi turda "Milan" "Bolonya" bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!