Xyoylunning "MYu"dagi debyuti cho'ziladiganga o'xshayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
"Manchester Yunayted" yangi qo'shilgan Rasmus Xyoylunnni 3 sentyabr kuni "Arsenal"ga qarshi APLning 4-turi doirasidagi o'yinda debyut qilishni rejalashtirmoqda.
20 yoshli daniyalik futbolchi o'tgan haftada "Atalanta"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, futbolchining bel qismidagi engil jarohati bor, bu esa bir necha haftalik reabilitatsiyani talab qiladi.
Xyoylunn hozirda individual dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkazmoqda, seshanba kuni u klubning Karringtondagi bazasida yugurish mashqlarini bajardi. Klub xodimlari Rasmus bir oydan kamroq vaqt ichida "Arsenal"ga qarshi safarda bo'lib o'tadigan o'yinga tayyor bo'lishiga umid qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!