"Inter" Zommerga sherik topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Milanning "Inter" klubi "Sampdoriya"ning 26 yoshli darvozaboni Emil Auderoni ikkinchi darvozabon sifatida o'z safiga qo'shib oladi, deb xabar beradi Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida. Uning qayd etishicha, ikki italiyalik klub darvozabonning transferi borasida deyarli kelishuvga erishgan.
"Inter" Auderoni faqat klubga kelib qo'shilgan Yann Zommerning zaxiradoshi sifatida ko'rmoqda. Eslatib o'tamiz, "Inter" dushanba oqshomida Zommerning transferini e'lon qilgan edi. Shveytsariyalik futbolchi "Bavariya"dan ko'chib o'tdi va "neradzurri" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!