"Yuventus"da Amrabat varianti paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Yuventus" Sofyan Amrabatga qiziqish bildirmoqda.
La Gazette Dello Sport xabariga ko'ra, "Fiorentina" yarim himoyachisini "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yaxshi ko'radi. Amrabatga sport direktori Krishtianu Juntoli ham qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, ayni damda klub Amrabat bo'yicha “Fiorentina” bilan muzokara o'tkazmayapti. Marokashlik o'z navbatida "Manchester Yunayted"ga o'tishni afzal ko'radi. "Fiorentina" 26 yoshli yarim himoyachi uchun kamida 25 million evro va bonuslar olishni kutmoqda.
Bundan tashqari, "Yuventus" Luka Pellegrini transferi uchun "Latsio" bilan bog'lanishda davom etmoqda. Jamoani hozir klubda daxlsiz hisoblanmaydigan Filip Kostich ham tark etishi mumkin.
Agar ikkala futbolchi ham "Yuventus"ni tark etsa, "byankonerilar" "Inter" va "Atalanta" klublari ham qiziqayotgan "Montsa" himoyachisi Karlos Augustoni o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi. Turinliklar, shuningdek, "Spetsiya" himoyachisi Emil Xolmga ham qiziqish bildirmoqda.