"Chelsi" muxlislariga yomon yangilik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80
"Chelsi" o'zining yulduzi Kristofer Nkunkuni yo'qotdi. Ijtimoiy tarmoq jurnalisti Aleks Goldbergning so'zlariga ko'ra, frantsuzning tizzasidan olgan jarohati kutilganidan ancha og'irroq bo'lib chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Nkunku "ko'klar"ning mavsumoldi Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yinida (1:1) tizzasidan jarohat olgan edi. Avvaliga faqat futbolchining kelasi yakshanba, 13 avgust kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Angliya Premer-ligasining 1-tur uchrashuvida "Liverpul"ga qarshi o'yinida ishtirok etishi so'roq ostida qolgandi.
Londonliklarning yangi futbolchisi shu yozda “RB Leyptsig”dan jamoaga ko'chib o'tdi va 6 yillik shartnoma imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!