"Ayaks" yaponiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
"Shtutgart" himoyachisi Xiroki Ito Amsterdamning "Ayaks" klubiga o'tishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, yaponiyalik futbolchi va Niderlandiya giganti o'rtasida og'zaki kelishuv mavjud. Qayd etilishicha, futbolchining o'zi shu yozda "Ayaks"ga o'tmoqchi va 2028 yilgacha shartnoma imzolamoqchi. Amsterdam klubi 15 million evro kafolatlangan to'lov bilan yangi taklif bilan chiqdi, ammo "Shtutgart" uni rad etdi.
Eslatib o'tamiz, Ito nemis klubida 2021 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Transfermarkt portali Yaponiya terma jamoasining 24 yoshli futbolchisining narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!