"Chelsi" "Lids" yarim himoyachisiga qiziqishni oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Lids" yarim himoyachisi Tayler Adams tez orada Angliya Premer-ligasining top-klubi a'zosiga aylanishi mumkin. The Athletic xabariga ko'ra, Londonning "Chelsi" klubi bu hafta 24 yoshli amerikalik futbolchiga qiziqishni oshirmoqchi.
Adamsning "Lids" bilan shartnomasida tovon puli 23 million evrodan sal ko'proqni tashkil qiladi. "Chelsi" bu pulni to'lashga va transferni amalga oshirishga tayyor. Klub shartnoma shartlarini kelishib olish maqsadida Tayler atrofidagilar bilan allaqachon aloqa o'rnatgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!