Yovich sobiq klubiga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
«Fiorentina» hujumchisi Luka Yovich «Srvena Zvezda»ga qaytishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchining transfer oynasining qolgan haftalarida klubni tark etishi haqiqatga yaqin.
Manbaga ko'ra, potentsial kelishuv haqida «Srvena Zvezda» allaqachon ma'lum qilgan. Ular «Real»ning sobiq hujumchisi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor.
Luka Yovichning «Fiorentina» bilan shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi va futbolchining transfer qiymati 8 million evroga baholangan.
Yovich o'tgan mavsumda «binafsharanglar» safida 50 o'yinda 13 gol urdi va 5 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!