"Al-Hilol" Osimxen transferidan voz kechmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"Al-Hilol" yozgi transfer oynasida hujumchi Viktor Osimxenni sotib olishdan umidvor. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda gapiradi.
Qayd etilishicha, Saudiya klubi Osimxenga haftasiga taxminan 1 million funt sterling taklif qilmoqda. "Al-Hilol" klubi Lionel Messi va Kilian Mbappeni taklif qila olmagani uchun yangi yulduz hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Shu bilan birga, "Napoli" 24 yoshli Osimxen bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishmoqchi.
Transfermarkt portali ekspertlari Viktor Osimxenni 120 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!