Rasman! "Tottenxem" yangi xaridni amalga oshirganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
18 yoshli markaziy himoyachi Eshli Fillips Premer-ligada o'ynash uchun "Blekbern"ni tark etdi. Istiqbolli futbolchining yangi klubi Londonning "Tottenxem" klubi bo'ldi.
Poytaxt klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchi bilan 2028 yilning o'rtalarigacha amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma imzolangan.
Fillips "Blekbern"ning asosiy jamoasida 14 ta o'yinda maydonga tushdi. U Angliya yoshlar terma jamoasida o'ynash tajribasiga ega.
"Tottenxem" Premer-ligani safarda "Brentford"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Uchrashuv 13 avgust, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!