Nahotki! Gyundogan «Barselona»ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199
«Barselona»ning yangi futbolchisi Ilkay Gyundoganni Ispaniya chempionatida ro'yxatdan o'tkazishda muammo yuzaga keldi. Bu Footmercato jurnalistlariga ma'lum bo'ldi.
Manbaga ko'ra, agar La Liganing yangi mavsumi boshlangunga qadar vaziyat o'zgarmasa, yarim himoyachi Kataloniya grandini tark etishi mumkin.
Usmon Dembelening sotilishi bu vaziyatni hal qilishga yordam beradi.
Ilkay shu yozda «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o'tgan edi. U erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.
32 yoshli germaniyalik va «ko'k-anorranglilar» o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!