Vinicius Mbappe bilan bir jamoada o'ynashni xohlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinicius Junior Frantsiya terma jamoasi va «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe bilan bir klubda o'ynashni xohlashini yashirib o'tirmadi.
Marca nashri xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi frantsiyalik futbolchi bilan «qirollik» klubida o'ynashni xohlaydi.
Eslatib o'tamiz, madridliklar joriy transfer oynasida Kilianni qo'lga kiritishga yaqin turibdi. Potentsial transfer summasi 200 million evroga baholanmoqda.
Mbappening parijliklar bilan mehnat shartnomasi kelasi yilning o'rtalarigacha hisoblangan. Futbolchining transfer narxi taxminan 180 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!