"Kristal Pelas" ustozi: "Olise jamoani tark etishi mumkin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
41"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Roy Xojson yarim himoyachi Maykl Olisening jamoani tark etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, yaqinda futbolchiga "Manchester Siti" va Londonning "Chelsi" kabi top-klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
"Biz Oliseni jamoada saqlab qolish uchun kurashyapmiz. Uning atrofida top-klublar aylanmoqda, bu hech kimga sir emas. U yozda jamoani tark etishi ehtimoli bor", - dedi Xojson matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Olisening “Kristal Pelas” bilan shartnomasida tovon puli 35 million evroni tashkil etadi. Premer-liganing so'nggi mavsumida yarim himoyachi ikkita gol urdi va o'n bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!