"Galatasaroy" "Tottenxem" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
"Tottenxem" yarim himoyachisi Tanguy Ndombele "Galatasaroy"ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda Fanatic nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, turk klubi 26 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Shu bilan birga, "Tottenxem" "Galatasaroy"ning 8 million evrolik taklifini rad etgani va kamida 10 million evro olishni istagani qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, Ndombele o'tgan mavsumni "Napoli"da ijara asosida o'tkazgan edi. Yarim himoyachi Italiya klubi safida 40 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 22 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!