"Tottenxem" Keyn o'rniga Frantsiya chempionati to'purarini olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
Londonning "Tottenxem" klubi yozda "Bavariya"ga o'tishi mumkin bo'lgan hujumchi Xarri Keyn o'rniga tanlov qilishga qaror qildi. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, "shporlar" "Lill" hujumchisi Jonatan Devidga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli kanadalik hozirda "Tottenxem"ning Keyn o'rniga nomzodlar ro'yxatidan asosiy variant. Devid o'tgan mavsumda 37 ta o'yinda 24 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Lill" Jonatanni 40 million evroga baholaydi. Shu bilan birga, "Tottenxem" Keynni sotish uchun 100 million evrodan ko'proq pul olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!