Fred "MYu"ni tark etishga yaqinlashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fred jamoani tark etish arafasida. Turkiyaning “Milliyet” nashri xabariga ko'ra, “qizil iblislar” braziliyalik yarim himoyachini sotish bo'yicha “Galatasaroy” bilan muzokaralarda davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Fredga Londonning “Fulxem” klubi ham qiziqish bildirgan, biroq Marko Silva jamoasi yarim himoyachini juda qimmat deb hisoblagan. Yarim himoyachiga Rimning "Latsio" klubi ham jiddiy qiziqqan, biroq Italiya jamoasi rahbariyati jamoa futbolchiga qiziqmayotganini omma oldida ta'kidladi.
Oldinroq "Manchester Yunayted" Fred uchun 20 million evro atrofida tovon puli olishni istayotgani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!