Dembele 72 soat ichida "PSJ" futbolchisiga aylanishi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele yaqin 72 soat ichida "PSJ"ning yangi o'yinchisiga aylanadi. Jurnalist Muhammad Buxafsining so'zlariga ko'ra, parijliklar 50 million evrolik tovon puli miqdorini faollashtirishga muvaffaq bo'lishgan.
Kelishuv yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. Dembele 5 yillik shartnoma imzolashi kerak. Manbaning ta'kidlashicha, "PSJ" rahbariyati yaqin yillarda Dembeleni o'z etakchilaridan biriga aylantirmoqchi.
26 yoshli Dembele anchadan beri "PSJ"ning qiziqishi ostida edi, biroq bir qancha sabablarga ko'ra transfer amalga oshirilmagandi. Eslatib o'tamiz, Usmon "PSJ" "Barselona"ga to'laydigan 50 million evro tovon pulining yarmini olishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!