"Arsenal"ning ikki yarim himoyachisi yozdayoq jamoadan ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
"Arsenal"ning ikki yarim himoyachisi bu yozning o'zida Mikel Arteta jamoasini tark etishi mumkin. Gap Tomas Parti va Emil Smit-Rou haqida ketmoqda, ular keyingi mavsumda kerakli miqdordagi o'yin vaqtini ololmasligi mumkin.
CaughtOffside xabariga ko'ra, agar foydali takliflar tushsa, "kanonirlar" bu yarim himoyachilarni sotishga rozi bo'lishadi. Eslatib o'tamiz, Partiga avvalroq Saudiya Arabistoni va Turinning "Yuventus" klublari qiziqish bildirgan. Smit-Rou bilan "Aston Villa" bog'langan.
Manba, shuningdek, hujumchilar Folarin Balogun va Markinos bosh murabbiy Mikel Artetaning rejalarida emasligini aytadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!