"Vest Xem" "Inter"ning Skamakka bo'yicha taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
“Inter” Janluka Skamakkani 20 million evro va bonuslar evaziga sotib ololmadi.
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Vest Xem" milanliklarning taklifini rad etgan va 30 million evroga yaqin pul olishni istamoqda.
"Neradzurrilar" yaqin kunlarda yana bir urinib ko'rishadi. Yangi summa taxminan 25 million evroni tashkil qiladi.
Jurnalist Janluka Di Martsioning yozishicha, dushanba kuni “Inter” 22+3 million evro taklif qilgan va tomonlar 25+5 millionga kelishib olishlari mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!