Vitor Roke yozdayoq "Barselona" safiga kelib qo'shilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
"Barselona" hujumchi Usmon Dembelening "PSJ"ga ketishiga tayyorgarlik ko'rmoqda va yangi hujumchilarga qiziqish bildirmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Usmon Dembelening "PSJ"ga ketishi tasdiqlansa, "Barselona" transfer bozorida mavjud hujumkor yoki hujumkor yarim himoyachilarga e'tibor beradi. Kataloniyaliklar kuchaytirishga intiladigan navbatdagi pozitsiya o'ng qanot himoyasi.
Shuningdek, "Barselona"ga yanvar oyida rasman kelib qo'shiladigan hujumchi Vitor Roke shu yozda jamoa lageriga ko'chib o'tishi mumkin, chunki kataloniyaliklar ketgan Dembelening o'rnini bosishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!