Ronaldu uzoq o'yinlik golsiz seriyasini yakunlagani haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Krishtianu Ronaldu ta'tildan qaytganidan beri "An-Nasr"ning beshta uchrashuvida gol ura olmadi. Dushanba kuni portugaliyalik yulduz nihoyat golsiz seriyani buzdi. Ronaldu Arab Chempionlar Kubogi o'yinida Tunisning "Monastir" klubi darvozasiga to'p kiritdi.
O'yinni yakunlaganidan ko'p o'tmay, Krishtianu ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.
“Yaxshi g'alaba! Gol urganimdan va guruhimiz etakchisiga aylanganimizdan xursandman!” - deb yozdi 38 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, "An-Nasr" "Monastir"ni 4:1 hisobida mag'lub etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!