"Bavariya" Keyndan bir narsani so'ramoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77
Myunxenning "Bavariya" klubi "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynga ko'z tikdi va uning uchun 93 million evro taklif qilmoqchi.
Jurnalist Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, Myunxenning "Bavariya" klubi "Tottenxem" bilan Xarri Keynni 93 million evroga sotib olish uchun faol harakat qilmoqda. Nemis klubi yangi taklif bilan chiqish niyatini bildirdi va bundan keyin Keynning o'zidan "Tottenxem"ga bosim o'tkazishni so'rashni rejalashtirmoqda. Jurnalistning aniqlik kiritishicha, hozircha o'tish bo'yicha kelishuv hali ham yaqin emas. "Tottenxem" va "Bavariya" o'rtasidagi muzokaralar hafta davomida davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!