"Barselona" tarbiyalanuvchisi ham Saudiya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
"Al-Ohdud" "Betis" vingeri Aleks Kolyadoni ijaraga olganini e'lon qildi. 24 yoshli ispaniyalik futbolchi "Barselona"dan ko'chib o'tganidan 4 kun o'tib jamoani tark etdi. U 2024 yilning yoziga qadar Saudiya Arabistonida o'ynaydi.
Futbolchi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional darajada u "Granada" va "Elche" klublarida ham o'ynagan.
O'tgan mavsumda ijara asosida Kolyado "Elche" safida barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!