Chaloba "Chelsi"ni tark etish kerakligini tushunib etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
"Chelsi" markaziy himoyachisi Trevo Chaloba London jamoasini tark etishga tayyor. "Ko'klar" Aksel Disasi bilan 45 million evroga shartnoma imzolashga rozi bo'lgach, Chaloba jamoani tark etish kerakligini tushundi.
Jurnalist Nizar Kinsellaning so'zlariga ko'ra, "Inter" angliyalik futbolchini transfer qilishdan manfaatdor, biroq Simone Indzagi jamoasi so'ralgan transfer summasidan xavotirga tushmoqda. "Chelsi" hali ham Chaloba uchun 50 million evrodan ortiq talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Inter" Frantsiyaning "PSJ" klubiga erkin agent sifatida o'tgan Milan Shkrinyarga hali o'rinbosar topgani yo'q. Chaloba "Chelsi" tarkibida ikki mavsumni Angliya Premer-ligasida o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!