Gvardiol uchun kurashga APLdan yana uchta nomzod qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87
"RB Leyptsig" himoyachisi Yoshko Gvardiol yozgi transfer oynasida grand klubga ketishi mumkin.
So'nggi paytlarda 21 yoshli xorvatni matbuotda "Manchester Siti" bilan faol bog'lashmoqda. Angliya premer-ligasining uchta giganti “shaharliklar” bilan raqobatlashishga tayyor. Fichajes'ning yozishicha, Gvardiolning transferi bo'yicha "Liverpul", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" taklif bilan chiqqan.
Nufuzli transfermarkt portali Yoshko Gvardiolni 75 million evroga baholagan. Oldinroq xorvatiyalik futbolchining "Manchester Siti"ga transferi himoya chizig'i futbolchilari uchun rekord xarajat bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!