"Napoli" hujumchisini transferga qo'yadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
"Napoli" hujumchisi Irving Lozano yozda klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Football Italia jurnalistlari xabar bermoqda.
Neapol klubi meksikalik futbolchini kelasi yozda tekinga boy bermaslik uchun uni joriy transfer oynasida sotmoqchi. Lozano va italyan klubi o'rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2024 yilning iyun oyi oxirigacha hisoblangan.
Avvalroq matbuotda Irvingning transferiga Amerikaning “Los-Anjeles” klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Lozano o'tgan mavsumda Italiya chempionatida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!