Pavlyuchenko - "Paxtakor" futbolchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Belaruslik darvozabon Pavel Pavlyuchenko "Paxtakor" jamoasining navbatdagi yangi futbolchisiga aylandi.
Pavlyuchenko faoliyatida Belarusning "Dnepr", "Dinamo" Brest, "Rux", Polshaning "Gurnik" va "Bruk-Bet" klublari safida o'ynagan. Belarus milliy terma jamoasida ayni paytgacha 11 uchrashuvda maydonga tushgan. Bir martadan Belarus chempionati va Kubogida g'olib bo'lgan. Pavlyuchenko bilan bir yarim yillik shartnoma imzolandi. U "Paxtakor"ga bepul transfer qilindi.
"Pavelga "Paxtakor"dagi faoliyatida yutuqlar va omad tilab qolamiz. Chempionlar safiga xush kelibsan!" - deyiladi poytaxtliklar rasmiy bayonotida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!