"Galatasaroy" tezda Ikardi transferini e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
"PSJ" hujumchisi Mauro Ikardi "Galatasaroy"ga to'liq o'tish arafasida.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, argentinalik hujumchi transferni yakunlash uchun bugun kechroq Turkiyaga uchib ketadi.
Oldinroq Ikardi "Galatasaroy" bilan 3 yillik shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi. Turkiya jamoasi "PSJ"ga 10 million evro miqdorida tovon puli to'lashi kerak.
Ikardining parijliklar jamoasi bilan shartnomasi tugashiga endi atigi bir yil qolgan edi.
O'tgan mavsumda Mauro "Galatasaroy"da ijara asosida o'ynadi. Turkiya chempionatining 24ta uchrashuvida 22ta gol urdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!