"Fulxem" Mitrovichga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
“Strasburg” hujumchisi Abib Diallo faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk xabariga ko'ra, "Fulxem" 28 yoshli senegallik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
London klubi Dialloni tez orada Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tadigan Aleksandr Mitrovichga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Diallo o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!