Isko: "Futbol – mening sevimli mashg'ulotim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Betis"ning yangi a'zosi Isko faoliyatidagi yangi bosqich haqida o'z fikrini aytdi.
Kelishuv chorshanba kuni rasman tasdiqlandi. Isko o'tgan dekabr oyidan beri o'ziga yangi klub topa olmayotgandi.
"Futbol – mening sevimli mashg'ulotim, bu menga katta zavq bag'ishlaydi va kuchli bo'lishimga yordam beradi.
Hali ham ko'p narsaga qodir ekanligimni, ambitsiyalar va g'alaba qozonish istagi borligini ko'rsatish vaqti keldi. Umid qilamanki, hammasi yaxshi chiqadi.
Xoakin meni “Betis”ga o'tishimga ko'ndirish uchun qo'ng'iroq qildi, ammo bunga hojat yo'q edi – men allaqachon bu transferga amin edim.
Bu taklifni qabul qilish men uchun oson bo'ldi", - dedi Isko.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!