"Assalom, "Kalyari"! Eldor Shomurodov - "Kalyari" futbolchisi! (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Italiyaning “Kalyari” klubi o'z rasmiy sayti orqali hamyurtimiz Eldor Shomurodov transferini e'lon qildi.
A Seriya klubi 28 yoshli o'zbekistonlik futbolchini "Roma"dan keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga oldi.
Shomurodov "Kalyari" tarixidagi o'zbekistonlik birinchi futbolchiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Rossiyada Eldor Shomurodov asosan 2017-2020 yillarda "Rostov" safida o'ynagan. Shundan so'ng hujumchi Italiyada "Jenoa", "Roma" va "Spetsiya" klublarida o'ynagan.
O'tgan mavsum yakunida “Kalyari” A Seriyaga qaytib, elitadan joy olish uchun pley-off g'olibiga aylangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!