Xenderson: "Oldimda yangi vazifa turibdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Yarim himoyachi Jordan Xenderson "Liverpul"dagi o'n ikki mavsumdan so'ng faoliyatida yangi qadam tashladi. 33 yoshli angliyalik futbolchining yangi klubi Saudiyaning "Al-Ittifoq" klubi bo'lib, unga yaqinda Stiven Jerrard ustozlik qilishni boshlagandi.
Xenderson ushbu transfer haqida qisqacha izoh berdi.
"Al-Ittifoq" klubi bilan shartnoma imzolanganini e'lon qilishdan mamnunman. Oldimda yangi vazifa turibdi va men intizorlik bilan kutyapman. Saudiya Arabistoniga xush kelibsiz" - deb post qoldirdi Xenderson ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Al-Ittifoq” Saudiya Arabistonining so'nggi chempionatida ettinchi o'rinni egallagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!