Lautaro Lukaku haqida: "Men bunday munosabatni kutmagandim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
“Inter” hujumchisi Lautaro Martines “Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku “Yuventus” bilan muzokara olib borayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
“Men xafa bo'ldim, bu haqiqat. Men ham o'sha tartibsizlik kunlarida unga qo'ng'iroq qilishga harakat qildim, u boshqa "Inter" futbolchilari kabi menga ham javob bermadi. Ko'p yillar birga bo'lganimdan keyin, birga bo'lgan ko'p narsalardan keyin hafsalam pir bo'ldi. Bu uning tanlovi. Men unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Ammo men bunday munosabatni kutmagandim", - deya Martinesning so'zlarini keltiradi La Gazette Dello Sport.
Avvalroq, "Inter" muxlislari assotsiatsiyasi Curva Nord Lukakuning "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi munosabati bilan bayonot bergan edi. Shuningdek, turinliklar klubi muxlislari 30 yoshli futbolchining transferiga qarshi chiqishdi.