Verratti Saudiyaga transfer bo'lishga rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"PSJ" yarim himoyachisi Marko Verratti "Al-Hilol"ga o'tishga rozi bo'ldi, deb xabar beradi L'Equipe. 30 yoshli italiyalik Saudiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolashga tayyor.
"Al-Hilol" delegatsiyasi Parijda. Dastlab ular hujumchi Kilian Mbappening transferi bo'yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirgan, biroq Marko Verrattini ham transfer qilishga uringan. Biroq klublar o'tish tafsilotlari bo'yicha haligacha kelishmagan.
Verratti 2012 yildan beri "PSJ"da o'ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!