Mbappe "Al-Hilol" bilan muzokara o'tkazishni istamayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe "Al-Hilol" vakillari bilan muzokara qilishdan bosh tortdi, deb xabar beradi L'Equipe.
Manbaga ko'ra, Saudiya klubi hujumchini qo'lga kiritish maqsadida "PSJ"ga 300 million evro taklif qilgan. Chorshanba kuni braziliyalik Malkomni sotib olish bo'yicha kelishuvni yakunlash uchun Parijda bo'lgan "Al-Hilol" rahbarlaridan iborat delegatsiya o'z loyihalarini Mbappega taqdim etishga umid qilishdi. Biroq frantsiyalik futbolchining muhiti Saudiya klubi vakillari bilan har qanday muzokaralarni rad etdi.
Mbappening yaqinlari fikriga ko'ra, 24 yoshli futbolchi hech qachon "Al-Hilol"ga o'tishni o'ylamagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!