Rasman. "Brayton" "Fiorentina" himoyachisini sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Brayton" "Fiorentina"ning sobiq himoyachisi Igor Julio bilan shartnoma imzoladi.
25 yoshli braziliyalikning transfer qiymati 17 million evroni tashkil qilgan. Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Igor "Fiorentina" tarkibida 42 ta o'yin o'tkazib, ularda gol ura olmagan. Transfermarkt braziliyalik futbolchini 10 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!