"Vest Xem" Origini ijaraga olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Vest Xem" "Milan"dan hujumchi Divok Origini ijara asosida o'z safiga qo'shib olishi mumkin, deb xabar beradi La Gazette Dello Sport.
Manbaga ko'ra, transfer tashabbuskori "bolg'achilar" bosh murabbiyi Devid Moyesdir.
Futbolchi 2022 yilning iyulida erkin agent sifatida "Milan"ga ko'chib o'tgan, ungacha esa "Liverpul"da o'ynagan.
2022/23 yilgi mavsumda hujumchi “rossonerilar” safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!